XORAZMIY TILI

XORAZMIY TILI — eroniy tillarning sharqiy guruhiga mansub ulik til. Amudaryo etaklarida, tarixan Xorazm deb nomlangan hududda tarqalgan; mil. av. 2 — 1-a. lardan mil. 8-a. oʻrtalarigacha qad. Xorazm davlatining rasmiy tili boʻlgan. Mil. av. 3—2-a. larga tegishli yodgorliklardan maʼlum; asosiy manbalari (arabcha qoʻlyozmalardagi xorazmiycha soʻz va iboralar) 12 — 14-a. larga mansub.

Xorazmiy tilining unlilar tizimida a, i, u, ye, e tovushlarining choʻziq, qisqa va burunlashgan turlari farqlanadi. Undoshlar tizimida 27 ta fonema boʻlgan. Oʻziga xos morfologiksintaktik xususiyatlarga ega. Mas, ot turkumiga 3 kelishik, 2 jins va 2 son shakli, anikdik artikli xos boʻlgan. Ushbu va b. holatlar Xorazmiy tilida qad. eron tiliga xos xususiyatlar saqlanganligidan darak beradi. Hoz. Xorazm shevalarini oʻrgangan olimlar Xorazmiy tiliga oid baʼzi soʻzlar ana shu shevalar leksikasida, toponimikasida mavjudligini qayd etadilar. Mas, «patik» — ship, «kunda» — omoch, «yop» — ariq kabi suzlarni, Yndavak, Pishkanak, Arvak toponimlarini Xorazmiy tiliga oid deb taxmin qiladilar.

Xorazmiy tili 9-a. gacha oromiy alifbosi asosidagi yozuvdan foydalangan; 10-a. dan esa 5 ta harf bilan toʻldirilgan arab alifbosi qoʻllangan. Zamaxshariynit «Muqaddimat uladab» asari qoʻlyozmasining Xorazm varianti (1200) ana shu yozuvda bitilgan. Xorazmiy tili 15—16-a. larda batamom ulik tilga aylangan.

Ad. Freyman A. A., Xorezmiyskiy yazыk, ch. 1, M. — L., 1951; Livshis V. A., Xorezmiyskiye dokumentы, v kn.: Toprakkala. Dvores, M., 1984.

Anvar Ismoilov.

0 0 голос
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest
0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x
()
x