XRIZOBERILL

XRIZOBERILL (yun. chrysos — oltin va berill) — murakkab oksidlarning kichik sinfga mansub mineral. Kimyoviy tarkibi A12[Ve04]. Romb singoniyada kristallanadi. Donador agregatlar hosil qiladi. Yashil, sargʻish, sariq, jigarrang, kizil, baʼzan rangsiz buladi. Xrizoberillning xrom tarkiblisi zumraddek yashil, elektr nurida binafsha rang, qizil tusda tovlanadigan xili aleksandrit, tilla rangsariq, kukish tovlanadigani esa, simofan yoki mushukkoʻz deyiladi. Shishadek yaltiroq. Qattiqligi 8,5; zichligi 3,5—3,7 g/sm3. Moʻrt. Giltuprokdi togʻ jinslarida yotgan granitli pegmatitlarda muskovit va berill bilan birgalikda yirik donalar shaklida uchraydi. Tarkibida koʻp VeO boʻlgan Xrizoberill li va fanakitli flyuorit metasomatitlari berilliy rudasi boʻlib xizmat qilishi mumkin. Myanma, Hindiston, Madagaskar o., RF (Ural), Braziliya, Shri Lankada X. konlari mashhur. Oʻzbekistonda Chatqol togʻlarida mavjud. Tiniq, chiroyli turlari (aleksandrit, simofan) qimmatbaho tosh hisoblanadi. Zargarlikka oid eng yirik qirralangan X. — «Xoup xrizoberill» (45 karat) Britaniya muzeyida sakdanadi.

0 0 голос
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest
0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x
()
x