XROMATIN

XROMATIN — oʻsimlik va hayvon hujayralari yadrosidagi xromosoma moddasi. Asosiy boʻyagichlar taʼsirida kuchli rangga kiradi; hujayralar boʻlinganda xromosomalarda maʼlum shaklni oladi. «X.» terminini 1880-y. da fanga nemis gistologi V. Flemming kiritgan. Hoz. zamon sitologiyasida X. deb interfazadagi xromosoma moddasi tushuniladi. X. tarkibiga dezoksiribonuklein kislota (DNK) (30 — 40%), ribonuklein kislota (RNK), gistonlar va giston boʻlmagan oqsillar kiradi. Xromatinning asosiy tarkibi dezoksiribonukleoproteid iplaridan iborat.

0 0 голос
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest
0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x
()
x