MIXAYLOV

MIXAYLOV Sergey (1976.3.5, Oʻsh sh., Qirgʻiziston) — bokschi, «Oʻzbekiston iftixori» (2002), «Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi» (2000). Andijon shahar respublika olimpiya oʻrinbosarlari bilim yurtida oʻqigan (1989—92). Andijon untini tugatgan (2002). «Dinamo» sport jami-yatining boks yoʻriqchisi (2003). Oʻzbekiston chempioni (1997—2001), 3 karra Osiyo chempioni (1997, Bangkok; 1999, Toshkent; 2002, Serembran), 2-marta Osiyo oʻyinlari gʻolibi (1998, Bangkok; … Читать далее

PAXTACHILIK INSTITUTI

PAXTACHILIK INSTITUTI, Oʻzbekiston paxtachilik ilmiy tadqiqot instituti, OʻzPITI — paxtachilik sohasidagi eng yirik ilmiy muassasa. Oʻzbekiston Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi tarkibida. 1929-y. da Bu-tunittifoq paxtachilik il. in-ti (SoyuzNIXI) nomi bilan tashkil etilgan. 1983—92 y. larda «Soyuzxlopok» IIB, 1992-y. dan hoz. nomda. Toshkent viloya-ti Qibray tumani Oqqovoq qishlogʻida joylashgan. … Читать далее

MUNTAZIR

MUNTAZIR (taxallusi; ismi Yusufqori) (1831, Qoʻqon — 1889, Andijon) — shoir. Qoʻqondagi «Madrasai oliy»ni tugatgach, mudarrislik qilgan. U Nizomiy, Hofiz, Navoiy, Bedil asarlarini chuqur oʻrgangan. Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Pisandiy, Muhay-yir, Rojiy Margʻinoniylar bilan yaqindan tanishgan, adabiy hamkorlik qilgan. Xudoyorxon oʻgʻli Nasriddinbekni Andijonga hokim etib tayinlaganda, Muntazirni unga maslahatchi qilib yuboradi (1860). Shu sababli umrining oxirigacha … Читать далее

MUHAMMADALI XALFA SOBIR OʻGʻLI

MUHAMMADALI XALFA SOBIR OʻGʻLI, Dukchi eshon, Madali eshon (1856, Fargʻona viloyati Chimyon qishlogʻi — 1898.12.6, Andijon) — Andijan qoʻzgʻoloninng rahbari. Oʻrta hol dehqon va hunarmand Muhammad Sobir xalfa oilasida tugʻilgan. Ajdodlari asli qashqarlik boʻlgan. 10 yoshlarida ota-onasi bilan Mingtepa (hoz. Andijon viloyati Marhamash tumanы hududi) yaqinidagi Tojik qishlogʻiga koʻchib kelishgan. Muhammadali xalfa sobir oʻgʻli S. … Читать далее

MIRTOJIYEV Jaloliddin Tursunovich

MIRTOJIYEV Jaloliddin Tursunovich (1954.15.2, Toshkent) — haykaltarosh, Oʻzbekiston xalq rassomi (2003). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati in-tini tugatgan (1977). Mirtojiyevning gips, bronzada yaratgan asarlari professional mahorati bilan diqqatga sazovor, asarlaridagi obrazlar yetuk, puxtaligi bilan ajralib turadi. Ilk asarlari «Lola», «Nigora», «Professor Rasulov», «Shum bola» va b. Oʻzbekiston mustaqilligi yillarida Mirtojiyev ijodi yuksak pogʻonaga koʻtarildi: «Bobur» … Читать далее

MADAMINBEK

MADAMINBEK, Muhammad Aminbek Ahmadbek oʻgʻli (1892, Margʻilon yaqinidagi Soʻkchilik qishlogʻi — 1920.14.5, Fargʻona vodiysidagi Qorovul qishlogʻi) — Turkistonda sovet rejimiga qarshi kurash harakati namoyandalaridan biri (1918—20), Muvaqqat Fargʻona hukumati raisi (1919—20). Boshlangʻich maktabda savod chiqargach, mahalliy boylar va ruslarning savdo doʻkonlarida ishlagan. Birinchi jahon urushi arafasida podshoga qarshi faoliyati uchun politsiya tomonidan qoʻlga olinib, 14 … Читать далее

MOʻGʻULISTON

MOʻGʻULISTON — Chigʻatoy ulusitt parchalanishi (1348) natijasida tashkil topgan davlat. Unga Qashqar, Yettisuv oʻlkasi va Ili vohasi qaragan. Moʻgʻul hukmdorlari va mulkdorlari oʻrtasida bosib olingan mamlakatlarning xalqlariga 2 xil qarash mavjud boʻlib, ularning bir xili mahalliy zodagonlar, savdogarlar bilan yaqinlashish, xunarmandchilik, dehqonchilikni rivojlantirish, islom va musulmon madaniyatiga homiylik qilish tarafdori boʻlsa (Oʻqtoy qoon, Munke qoon, … Читать далее

MIRKOMILBOY

MIRKOMILBOY, Mirkomil Mirmoʻminboyev (1882 — Andijon — 1918) — oʻzbek sanoatchisi. «RusOsiyo» («Russko-Aziatskiy») banki muassislaridan biri. Mirkomilboyning Andijonda 5 ta paxta z-di, bir necha shaharda savdo rastalari, bogʻlari, katta yerlari bulib, oltin pul hisobida 14 mln. soʻm mablagʻga ega edi (1911). Mirkomilboy Turkiston va Yevropa mamlakatlari oʻrtasida savdo munosabatiga asos solganlardan biri hisoblanadi. U Germaniyaning … Читать далее

PLIOTSEN

PLIOTSEN (yun. pleion — nisbatan koʻp sonli, koʻproq va kainos — yangi) — neogen sistemasi (davri) ning yuqori boʻlimi, Yerning geologik tarixidagi neogen davrining soʻnggi epoxasiga toʻgʻri keladi. Pliotsen 2 mln . dan 7 mln. yilgacha boʻlgan vaqgni oʻz ichiga oladi. Pliotsenni 1833-y. da Ch. Layel ajratgan. Fargʻonada baqtriya seriyasi ajratiladi, u, oʻz navbatida, togap … Читать далее

MINGBULOQ TUMANI

MINGBULOQ TUMANI (1994-y. gacha Zadaryo tumani) — Namangan viloyatidagi tuman. 1952-y. 29 sent. da tashkil etilgan. Sirdaryoning chap sohilida, Markaziy Fargʻonaning qoʻriq va boʻz yerlarida. Shim. dan viloyatning Chust va Toʻraqurgʻon, shim.-sharqdan Namangan, shim.-gʻarbdan Pop tumanlari, jan.-sharqdan Andijon viloyatining Ulugʻnor, jan. va jan.-gʻarbdan Fargʻona viloyati tumanlari bilan chegaradosh. Mayd. 0,74 ming km2. Aholisi 91,6 ming … Читать далее