MAZOHIDOVA

MAZOHIDOVA Rahima (1930.8.3, Qoʻqon) — xonanda va aktrisa. Oʻzbekiston xalq artisti (1976). Ijodiy faoliyatini Mazohidova Qoʻldoshev raxbarligidagi badiiy havaskorlik toʻgaragida boshlagan (1948-54). Qoʻqon musiqali drama teatrida ishlagan (1954 — 94). Qoʻqon shahar 1-madaniyat uyi koshida «Omon yor» ayollar folklor ansambli tashkilotchisi va badiiy rahbari (1981 i. dan). Teatrda Zebo (U. Hojibekov, «Arshin mol olon»), Tojiniso … Читать далее

MAJOLIS UN-NAFOIS

«MAJOLIS UN-NAFOIS» («Nafislar majlislari») — Alisher Navoiy tazkirasi (1490—91; 1497—98 y. da qayta ishlangan). Turkiy tazkirachilikning ilk namunasi. Asarda 15-a. da Xuroson va qoʻshni mamlakatlarda yashagan shoir, yozuvchi va olimlar (jami 459 kishi) ijodiga oid qisqa maʼlumotlar berilgan. Maʼlumotlar yillar, geografik oʻrinlar hamda sulolaviy tartiblarga tayanib joylashtirilgan. 8 kiyem — «majlis»dan iborat. 1—2majlislarda muallifning salaflari … Читать далее

MUHAMMAD MIROLIM BUXORIY

MUHAMMAD MIROLIM BUXORIY (19-a.) — buxorolik tarixchi olim. Amir Nasrullaxon (hukmronligi: 1826—1860) davrida Huzor (Gʻuzor) hokimi Muhammad Olimbekning xizmatida boʻlgan va uning topshirigʻi b-n «Fathnomai Sultoniy» («Sulton fath-nomasi») tarixiy kitobini yozgan. Asar muqaddima va 29 bobdan iborat. U amir Shoxmurod (hukmronligi: 1785—1800) davridan to amir Nasrullaxon hukmronligining dastlabki yillarigacha Buxoro amirligida boʻlib oʻtgan voqealarni oʻz … Читать далее

MADRID UNIVERSITETI

MADRID UNIVERSITETI — Ispaniyadagi yirik oliy oʻquv yurti. Alkalade Enares (1508) va Madriddagi Markaziy un-t (1821)larni birlashtirish (1836) natijasida tashkil topgan. 1850-y. dan Madrid universiteti deb ataladi. Falsafa, filol., tabiiy fanlar, huquq, tibbiyot, farmatsevtika, veterinariya, siyosiy va iqtisodiy fanlar, psixologiya va psixotexnika, statistika, stomatologiya, sud tibbiyoti, amaliy yurisprudensiya, qiyosiy huquq, aloqa, dengiz floti, sotsiologiya va … Читать далее

MEJELAYTIS Eduardas Benyaminovich

MEJELAYTIS Eduardas Benyaminovich (1919.3.20, Litva Respublikasi — 1999, Vilnyus) — Litva xalq shoiri (1974). 2-jahon urushi qatnashchisi (1943). Ijodi 1935-y. dan boshlangan. Dastlabki sheriy toʻplamlari («Lirika», 1943; «Vatan shamoli», 1946) Litva xalq qoʻshiklari, ertak va afsonalari ruhi bilan sugʻorilgan boʻlib, ularda ayni paytda Salomeya Neris lirikasiga xos xususiyatlar sezilib turadi. «Qardoshlik dostoni» (1954) «Begona toshlar» … Читать далее

MANAS

«MANAS» — qirgʻiz xalq qahramonlik eposi. Asar 3 qismdan iborat (450 ming misra). Genealogik sikl asosida bosh qahramon Manas, uning oʻgʻli Semetey va Semeteyning oʻgʻli Seytekning qaxramonona hayoti tafsiliga bagʻishlangan. «Manas» nazmda yozilgan boʻlib, sheʼriyatning sajʼ yoʻli bilan aytilgan. «Manas» odatdagi qahramonlik eposi koʻlamidan ancha keng. U oʻtmish qirgʻiz hayotining qariyb barcha sohalarini oʻzida jamlagan … Читать далее

MAHABHARATA

«MAHABHARATA» («Bharata avlodlari jangnomasi») — qad. hind qahramonlik eposi. Dastlabki namunasi mil. av. 10—8-a. larda yuzaga kelgan «Mahabharata» 25 ming misradan iborat sheʼriy qoʻshiqlardir. Aytilishicha, u avval «prakrit» (xalq) tilida ogʻizdan ogʻizga koʻchib yurib, keyinchalik sanskrit tilida yozma adabiyotga kirib kelgan. Asar qahramonlaridan biri afsonaviy avliyo Vyasa uning muallifi sanaladi. Epos turli hajmdagi 18 kitobdan … Читать далее

MARKO POLO

MARKO POLO (Marko Polo) – (1254 — Venetsiya — 1324.8.1) — italiyalik sayyoh va yozuvchi. Marko Polo 1271—75 y. larda venetsiyalik savdogarlar bilan birga kemada Kichik Osiyo ya. o. ning jan.-sha-rqiy sohillariga, u yerdan Bagʻdod, Basra, Tabriz va Kermonga kelgan, soʻngra Balx, Qashqar, Xotan, Kampichu (Gan-chjou) sh. lari va Gobi choʻlini kesib oʻtib Qoraqurumga yetib … Читать далее

MUʼINIDDIN NATANZIY

MUʼINIDDIN NATANZIY (14-a 2-yarmi — 15-a. boshi) — tarixchi olim. Eronning Isfahon viloyatidagi Natanz qasabasidan. Davlatshoh Samarqandiynint «Tazkirat ush-shuaro» («Shoirlar tazkirasi») asarida yozishicha, 15-a. boshlarida Sherozda Mirzo Iskandar saroyida Haydar Xorazmiy, Hofiz Xorazmiy kabi shoirlar bilan birga Muʼiniddin Natanziy ham yashab, ijod qilgan. 1414-y. dan Hirotda yashagan. Bizgacha Muʼiniddin Natanziyning fors tilida yozilgan «Muntaxab uttavorixi … Читать далее

MUHAMMAD AMIN BUXORIY

MUHAMMAD AMIN BUXORIY, Muhammad Amin ibn Mirza Muhammad Zamon Buxoriy Soʻfiyoniy (17-a.) — buxorolik tarixchi olim. Buxoro sh. ning Soʻfiyon mahallasidan boʻlgan, Hayoti toʻgʻrisida maʼlumotlar deyarli saqlanmagan. Taxm. 60 yoshida «Muhit attavorix» — «Tarixlar okeani» (1700) asarini yozgan. Asar 10 bobdan iborat boʻlib, uning keyingi boblari somoniylar va ashtarxoniylar davrini oʻz ichiga oladi. Asarda olimlar, … Читать далее