MEDUZALAR

MEDUZALAR — boʻshliqichlilarning, koʻpincha, erkin yashovchi jinsiy avlodi. Gavdasi xira shaffof (mezogliysi kuchli rivojlanganligi tufayli), so-yabon yoki qoʻngʻiroq shaklda, diametri bir necha mm dan 2—3 m gacha. Soyaboni chetlarida paypaslagichlari (uz. 30 sm gacha) va sezgi organlari joylashgan. Ogʻzi soyabonining ostki botiq tomoni oʻrtasida boʻlib, odatda, ogʻiz parraklari bilan oʻralgan. Meduzalar soyaboni ostida suvni siqib … Читать далее

MORFOSTRUKTURA

MORFOSTRUKTURA (yun. morphe – shakl va structure — tuzilish) — yer yuzasi relyefining uzok, geologik davr mobaynida endogen va ekzogen kuchlarning oʻzaro taʼsiri natijasida, xususan endogen jarayonlar taʼsirida vujudga kelgan kismlari. Ularning morfologik farklari Yer pusti ayrim ucha-stkalarida geologik tarixning bir xil emasligidadir. Eng yirik (planeta mikyosidagi) yoki geotekturalar Yer poʻstining eng yirik struktura ele-mentlari … Читать далее

MUZLIK

MUZLIK — sharoit qulay joylarda qor toʻplanishidan hosil boʻlib, qiya tomonga siljib turuvchi muz massasi. Qor chegarasidan yuqorida relyefning botiq joyida toʻplanadigan qorning zichlanishidan vujudga keladi. Yer yuzasida hoz. vaqgdagi Muzliklar mayd. 16,1 mln. km2 dan ortiq (q. Muzliklar). M. lar joylashgan oʻrni va shakliga koʻra togʻ Muzlik va tekislik M. ga boʻlinadi. Muzlik ni-shab … Читать далее

MOZAMBIK

MOZAMBIK (Mocambique), Mozambik Respublikasi (Republica de Mozambique) — Afrikaning jan,sharqiy sohilidagi davlat. Mayd. 801,6 ming km2. Aholisi 19,4 mln. kishi (2001). Poytaxti — Maputu sh. Maʼmuriy jihatdan 11 viloyat (provincia) ra boʻlinadi. Maputu sh. ham viloyat maqomiga ega. Davlat tuzumi. Mozambik — respublika. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik aʼzosi. 1990-y. 30 noyab. da qabul qilingan konstitutsiya … Читать далее

MATRITSA

MATRITSA (lot. matrix — bachadon) — 1) metallurgiyada — metallarga bosim bilan ishlov berishda qoʻllaniladigan shtamplarning ish qismi. Matritsa sirtida tayyorlanadigan buyum (detal)ning qiyofasiga mos botiq (yoki teshik) boʻladi. Ana shu botiq (yoki teshik) ga shtampning ikkinchi qismi — puanson kiradi. Matritsa yaxlit yoki qismlarga ajraladigan qilib yasalishi mumkin; 2) matbaada — harf, rakam yoki … Читать далее

MACHAY GʻORI

MACHAY GʻORI — Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida joylashgan ibtidoiy odamlar manzilgohi (mil. av. 12—6ming yillik). Koʻhitang togʻi yaqinida, Machaydaryoning oʻng qirgʻogʻida joylashgan. Oʻ. Islomov tomonidan oʻrganilgan (1970—71). Machay gʻorining bal. 3,5—4 m, uz. 8 m, kengligi 10 m ga yetadi. Ikki madaniy qatlamdan iborat: ustki qatlam mezolit davriga, tepa qatlam — soʻnggi mezolit va ilk … Читать далее

MEʼDA

MEʼDA, oshqozon — ovqat hazm qilish sistemasining kengaygan qismi (q. Ovqat hazm silish sistemasi). Meʼdada ovqat saqlanadi, maydalanadi va qisman hazm boʻladi (q. Ovqat hazm kilish). Meʼda ichakning oldingi ixtisoslashgan qismi sifatida birinchi marta ayrim boʻshliqichlilar, yassi chuvalchanglar va xalqali chuvalchanglarda paydo boʻladi (q. Ichak). Umurtqali hayvonlarda Meʼda ichakning oldingi kengaygan qismi hisoblanadi. Biroq yumaloqogʻizlilarda … Читать далее

OʻPKA

OʻPKA — odam, quruqlikda yashovchi hayvonlar va baʼzi baliqlarning havodan nafas olish aʼzosi. Oʻpka ayrim mollyuskalar (quruqlikda va chuchuk suvda yashovchi qorinoyoqlilar), boʻgʻimoyoqlilar (chayonlar), baliqlar (ikki xil nafas oluvchilar, panjaqanotlilar, koʻpqanotlilar), quruqlikda yashovchi umurtqali hayvonlar va odamda qon bilan nafas olingan havo oʻrtasida gaz almashinuvini amalga oshiradi. Ikki xil nafas oluvchi baliqlar Oʻpkasi kataklarga boʻlingan, … Читать далее

TOGʻ JINSLARINING BURMALANISHI

TOGʻ JINSLARINING BURMALANISHI, burmalanishning hosil boʻlishi — tektonik deformatsiyalar natijasida togʻ jinslari katlamlarining ezilib, burmalanish jarayoni. Burmalar majmuasi shakli, kelib chiqishi va hosil boʻlishining kinematik sharoitlariga qarab farqlanadi. Togʻ jinslarining burmalanishi morfologik belgilarga qarab toʻliq, golomorfli yoki uzun, ingichka burmalardan tashkil topgan, qavariq (antiklinal) va botiq (sinklinal) burmalangan zonalarni muntazam toʻldirib turuvchi chizikdi (alpinotipli); uzuqyulukli … Читать далее

TOSHKENT ARTEZIAN HAVZASI

TOSHKENT ARTEZIAN HAVZASI — Toshkent sh. yaqinidagi togʻ oldi bukilmasida joylashgan havza; jan. da Fargʻona, garbda Qizilqum va shim. da Chimkent (Aris) artezian xavzalari bilan tutash. Sharkda ChatqolQurama burmalanish oblasti togʻ oldilari bilan chegaralanadi. Havza oʻramidagi yura yotqiziklarining qalinligi 100—150 m gacha boʻlib, tarqalishi cheklangan. Boʻr yotqiziqlari keng maydonni egallagan va yupqa qatlamchali ohaktoshlar koʻshilgan … Читать далее