MIRZABOY TIZMASI

MIRZABOY TIZMASI — Chatqol togʻlari tarkibidagi (Toshkent viloyati) tizma. Katta Chimyon choʻqqisidan 8 km jan.-gʻarbda, Oqsoqotasoy havzasidagi Berkota va Nurakotasoylar oraligʻida joylashgan. Jan.-sharkdan shim.-gʻarbga yoʻnalgan. Uz. 8 km. Eng baland joyi 2422 m. Ikkala yon bagʻrining relyefi simmetrik shaklda tuzilgan, deyarli bir xil qiyofaga ega. Urtacha parchalangan. Suvayirgʻich Femida kuchli parchalangan yon bagʻirlar uchraydi. Quyi … Читать далее

MINERAL SUVLAR

MINERAL SUVLAR — tarkibida baʼzi bir kimyoviy elementlar va birikmalar, shuningdek, gazlar boʻlgan suvlar. Tarkibidagi erigan minerallarning umumiy miqdori 1 g/l gacha boʻlgan suvlar chuchuk hisoblanadi. Baʼzi dengiz va koʻl suvlari ham Mineral suvlarga kiradi. Mineral suvlarning maʼlum shifobaxsh xususiyatiga va iqtisodiy jihatdan uzoq muddat foydalanish uchun yetarli miqdorga ega boʻlganlari mineral suv manbalari deb … Читать далее

KICHIK CHIMYON

KICHIK CHIMYON — Toshkent viloyatidagi togʻ, Chatqol togʻining shim. da. Chatqol togʻ tizmasi tarkibiga kiradi. Gʻarbdan Chimyonsoy vodiysi, jan-gʻarbdan Katta Chimyon togʻi va sharkdan Qoʻylisoy b-n oʻralgan. Katta Chimyon togʻidan Gulik dovoni orqali ajralib turadi. Eng baland joyi 2098 m. Paleozoy togʻ hosil boʻlish davrida burmalangan, ohaktoshlardan tarkib topgan. Keyinchalik nurab, ayrim joylarida granit jinslari … Читать далее

PARRANDACHILIK

PARRANDACHILIK — uy parrandalarini yetishtirish; chorvachiyaikning bir tarmogʻi. Parrandachilikning asosiy mahsuloti — oziq-ovqatga ishlatiladigan tuxum va goʻsht; qoʻshimcha mahsuloti — parranda pati va pari. Parrandalarni soʻyish va uni qayta ishlash chiqindilaridan yem uni ishlab chiqariladi. Parranda goʻngi — qimmatli organik oʻgʻiti. Parrandachilikda tuxum, asosan, tuxum yoʻnalishidagi, qisman goʻsht-tuxum va goʻsht yoʻnalishidagi tovuq zotlari va krosslaridan … Читать далее

KURORT

KURORT, kurortl ar (nem. Kurort — shifobaxsh joy) — odam organizmiga foydali va yoqimli taʼsir etadigan tabiiy shifobaxsh vositalar (mineral buloklar, shifobaxsh balchiqlar, kulay iqlim va b.)ga ega va shu vositalarni davolash-profilaktika maqsadida qoʻllash uchun zarur shart-sharoitlar boʻlgan joy. Shunday joylarda sanatoriylar tashqil etiladi. Tabiiy davo vositalarining xarakteriga koʻra, balneologik (k,. Balneoterapiya), balchiq bilan davolaydigan … Читать далее

PECHAK

PECHAK (Convolvulus L.) — pechakdoshlar oilasiga mansub bir yillik va koʻp yillik chirmashuvchi yoki ilashib oʻsuvchi oʻsimliklar turkumi, begona oʻt. 250 dan ortiqturi bor. Uzbekistonda 5 turi — dala pechagi yoki qoʻypechak (C.arvensis), soxtakantabrik Pechak yoki oq partak (C.pseudocantabrica Schrenk.), chimyon pechagi (C.tschimganicus), qalami P. yoki chumchuqoyoq (C.lineatus), da-gʻal tukli Pechak yoki mingbosh (C.subhirutus) uchraydi. … Читать далее

EMINOV Kozim Ibrohimovich

EMINOV Kozim Ibrohimovich (1928.24.5, Alushta, Qrim Respublikasi — 1976.1.5, Toshkent) — rang-tasvir ustasi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1972). Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurti (1953) va Toshkent ped. instituti (1968) ni tugatgan. 1968-yildan Toshkent ped. intining Badiiy grafika ftida dars bergan, 1975-yildan dotsent. E. tarixiy, maishiy va manzara janrlarida asarlar yaratgan; his-tuygʻularga boy romantik … Читать далее

ISHIAS

ISHIAS (yun. ischion — son) , beldumgʻaza radikuliti — quymich nervi kasalligi. Koʻpincha sovqotish, jismoniy zoʻriqish, turli infeksiyalar va shikastlanishlar, moddalar almashinuvining buzilishi sabab boʻladi. Oʻrta yashar va keksa kishilarda uch-raydi. Asosan, quymich nervi va uning tarmoqlari borgan qism ogʻriydi. Ogʻriq umurtqa pogʻonasining bel qis-miga va oyoq orqasiga ham tarqalib, vaqt-vaqti b-n, ayniqsa, bemor hapakat … Читать далее

PIYOZ

PIYOZ (Allium) — loladoshlar oilasiga mansub ikki yillik va koʻp yillik oʻtsimon oʻsimliklar turkumi, sabzavot va manzarali ekin. Shim. yarim sharda 500 ga yaqin turi maʼlum. Eng koʻp turlari Oʻrta Osiyo, Kavkaz, Sharqiy Sibirda, kamroq turi Yevropada va Uzoq Sharkda uchraydi. Oʻzbekistonda Piyozning doyra piyoz (qirqbarg piyoz), piskom P. (togʻ piyoz), koʻrimsiz piyoz, gʻadir-budur piyoz, … Читать далее

PISKOM ZILZILASI

PISKOM ZILZILASI — 1937-y. 18 dek. soat 13 dan 18 min. oʻtganda sodir boʻlgan. Zilzila markazi Piskom to-gʻining aholi kam yashaydigan shim. qismida 20 km chuqurlikda joylashgan. Epitsentrda zilzila kuchi 8 ball bilan qayd etilgan, magnitudasi 6,0. Zilzilaga yer qaʼridagi togʻ jinslarining Piskom uzilmasi boʻylab bir-biriga nisbatan shim.-sharqdan jan.-gʻarbga tomon siljishi sabab boʻlgan. Yer ustida … Читать далее