MARSHALL REJASI

MARSHALL REJASI — 2-jahon urushidan keyin Yevropani AQSH va Kanadaning iqtisodiy yordami bilan tiklash va rivojlantirish dasturi; bu rejani 1947-y. 5-iyunda AQSH davlat kotibi, general J. K. Marshall (1880 — 1959) ishlab chiqqan va uni amalga oshirish 1948—51 y. larga moʻljallangan. Rejani amalga oshirish boʻyicha Gʻarbiy Yevropadagi 16 davlat — Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Belgiya, … Читать далее

MUSIQALI DRAMA

MUSIQALI DRAMA — 1) musiqa (vokal va cholgʻu) hamda soʻz sanʼatiga asoslangan sax. na asari, musikali teatr janri. Ilk namunalari Sharq (mas, 5-a. Xindiston, 12-a. Xitoy)da shakllangan. Mazkur janr Ozarbayjonda 20-a. boshida, Oʻrta Osiyo va Qozogʻistonda 1920y. larda vujudga kelgan. Musiqali dramada sahna voqealari, qahramonlarning ichki kechinma va holatlari, oʻzaro mu-nosabatlari soʻz, musiqa, dramatik harakat, … Читать далее

MUQADDAS RIM IMPERIYASI

«MUQADDAS RIM IMPERIYASI» — oʻrta asrlardagi imperiya (962— 1806). German qiroli Otton I tomonidan Shim. va Oʻrta Italiya (Rim bilan birga) boʻysundirilgach (962-y.), tashkil topgan. «Muqaddas Rim Imperiyasi» tarkibiga: Chexiya, Burgundiya (Arelat), Niderlandiya, Shveysariya yerlari ham kirgan. Bu imperiya german zodagonlarining manfaatini himoya qilgan va bosqinchilik siyosati olib borgan. «Muqaddas Rim Imperiyasi» 11 —13-a. larda … Читать далее

MUHAMMAD BIN ABDULLA

MUHAMMAD BIN ABDULLA Said alhasan (taxm. 1860—1920.21.12, Efiopiya, Imi r-ni) — Somali xalqining milliy qahramoni, Buyuk Britaniya va Italiya mustamlakachilariga qarshi ozodlik qoʻzgʻoloni rahbari (1899 — 1920). Somali ya. o. ingliz mustamlakachilari tomonidan bosib olinib, taqsimlangandan keyin boshlangan qoʻzgʻolon milliy ozodlik tusini olgan. Qoʻzgʻolon «Muqaddas urush» (jihod), «dinsizlar»ga qarshi koʻrinish shaklini olib, Somali xalqining keng … Читать далее

POLIAMID TOLALAR

POLIAMID TOLALAR — poliamidlar eritmasidan tayyorlanadigan sintetik tolalar Poliamid tolalar olish uchun, odatda, mol. m. 15000 dan 30000 gacha boʻlgan chi-ziqsimon poliamidlardan foydalaniladi. Poliamid tolalar pishiq, juda qayishoq, yeyilmaydi, koʻpgina kimyoviy moddalar taʼsiriga chidamli, oʻziga boʻyoq oladi. Konsentrlangan mineral kislotalarda (ayniqsa, qaynatilganda), fenol, krezol va b. da eriydi. Bir xil tolalar termooksidlanishga, yorugʻlik-ka, ayniqsa, ultrabinafsha … Читать далее

MUSSOLINI

MUSSOLINI (Mussolini) Benito (1883.29.7, Forli – 1945.28.4, Dongo yaqini) — Italiyaning fashist diktatori (1922—43). Siyosiy yoʻlini Sotsi-alistik partiya safida boshlagan, bu partiyadan 1914-y. oʻchirilgan. 1919-y. fashistlar partiyasiga asos soldi va uning rahbari (duche) boʻldi. «Rimga yurish»ni uyushtirib, hokimiyatni qoʻlga oldi (1922). Mussolini hukumati mamlakatda terrorchi rejimni joriy qildi, bosqinchilikdan iborat tashqi siyosat olib bordi (1935-y. … Читать далее

MANTUANER

MANTUANER — kechpishar olma navi. Vatani — Jan. Tirol (Italiya). Daraxti bal. 6—11 m, shox-shabbasi kengligi 8—13 m ga boradi. Oftobga karagan tomoni qizil, eti oq, muloyim, sen-t. ning oxirlarida terib olinadi. Fe-v. gacha yaxshi saqlanadi. Mart oyining 2-yarmida kurtak chiqarib, apr. ning 1-oʻn kunligida gullaydi. Rozmarin, Si-merenko kabi navlar bilan yaxshi changlanadi. Meva shakli … Читать далее

MASTROYANNI

MASTROYANNI Marchello (1923.28.9 — 1996) — italiya kinoaktyori. 40-y. lar L. Viskonti spektakllarida oʻynagan (keyinroq uning «Oq tunlar», «Begona» filmlarida suratga tushgan). Yangi obrazga tez oʻta olish qobiliyati, lirizm bilan oʻtkir xarakterning uygʻunlashuvi «Shirin hayot», «Sakkiz yarim», «Ayollar shaxri», «Jinjer va Fred», «Tun», «Italyancha ajralish», «Qora koʻzlar», «Asalchi» kabi filmlarda yaqqol koʻzga tashlandi. U juda … Читать далее

PYERO DELLA FRANCHESKA

PYERO DELLA FRANCHESKA (Piero della Francesca) (taxm. 1420 — Toskana — 1492) — italyan rassomi, sanʼat nazariyotchisi, Umbriya maktabining yirik namoyandasi. Pyero della francheska F. ijodiga obrazlarning ulugʻvorligi, shakllarning hajmdorligi, koloritning shaffofligi, makonni tadrijiy perspektivali qurilishi kabi badiiy xususiyatlar xos; asarlari rangdor va serjilva, nurga boyligi bilan ajralib turadi. Pyero della francheska F. Aressodagi San-Franchesko … Читать далее

PROTORENESSANS

PROTORENESSANS (yun. protos – bi-rinchi, frans. Renaissance — uygʻonish) — Uygʻonish davri sanʼatiga zamin yaratgan Italiya madaniyatining ilk bosqichi (13—14-a. boshlari). «Protorenessans» atamasi shveysariyalik tarixchi Ya. Burkxard tomonidan ilk bor qoʻllanilgan. Protorenessans erkin shaharlarning jadal rivojlanib kengayishi, ishlab chikaruvchi kuchlar va savdosotiqning oʻsishi bilan bogʻliq. Sanoat va madaniyat gurkirab taraqqiy eta boshladi, dunyoviy fanlarga qiziqish … Читать далее