PAR

PAR — qushlar patining bir xili, pat oʻzagining juda qisqa boʻlishi, yelpigʻichining boʻlmasligi bilan boshqa patlardan farq qiladi. Parning oʻsiqchalari pat oʻqp uchki qismida gʻuj boʻlib joylasha i Voyaga yetgan qushlarda Par qoplovchi ostida joylashgan. Ayrim q) in.uip (mas, tasqara) Pari boʻyni va boshida ochiq joylashgan. Par, odatda, suvda yashovchi qushlar (gʻozsimonlar, eshkak oyoklilar)da yaxshi … Читать далее

KATTAQOʻRGʻON TUMANI

KATTAQOʻRGʻON TUMANI — Samarqand viloyatidagi tuman. 1926-y. 28 sen-t. da tashkil etilgan. Shim. dan viloyatning Ishtixon, Jan.-sharkdan Nurobod, gʻarbdan Narpay, sharqdan Pastdargʻom, shim.-gʻarbdan Navoiy viloyatining Xatirchi tumanlari bilan chegaradosh. Mayd. 1,47 ming km2. Aholisi 189 ming kishi (2002). Tumanda 2 shaharcha (Suv Ombori, Payshanba) va 11 qishloq fuqarolar yigʻini (Girdiqoʻrgʻon, Durbesh, Kattakoʻrpa, Kattaming, Ki^ikmindon, Jumaboy, … Читать далее

PARRANDACHILIK

PARRANDACHILIK — uy parrandalarini yetishtirish; chorvachiyaikning bir tarmogʻi. Parrandachilikning asosiy mahsuloti — oziq-ovqatga ishlatiladigan tuxum va goʻsht; qoʻshimcha mahsuloti — parranda pati va pari. Parrandalarni soʻyish va uni qayta ishlash chiqindilaridan yem uni ishlab chiqariladi. Parranda goʻngi — qimmatli organik oʻgʻiti. Parrandachilikda tuxum, asosan, tuxum yoʻnalishidagi, qisman goʻsht-tuxum va goʻsht yoʻnalishidagi tovuq zotlari va krosslaridan … Читать далее

POMIR

POMIR — Oʻrta Osiyodagi yirik togʻli oʻlka. Asosan, Tojikiston (Togʻli Badaxshon muxtor viloyati) hududida, jan. dagi kichik qismi (Vahon tizmasining sharqiy qismi) Afgʻoniston hududida, sharqiy qismi esa Xitoy hududida joylashgan. Pomirning shim. chegarasi Orqa Olay tizmasining shim. etagidan, jan. dagisi Panj va Vahondaryo, Vahon tizmasi hamda Toshqoʻrgʻon daryosining boshlanish qismidan oʻtadi. Sharqda Pomirga Sariqoʻl tizmasi … Читать далее

JIGʻILDON

JIGʻILDON — bir qancha umurtqasiz hayvonlar (koʻpchilik mollyuskalar, chuvalchanglar, hasharotlar) va qushlarda qiziloʻngachning kengaygan qismi. Jigʻildon oziqni toʻplash va saqlash, baʼzan uni qisman qimyoviy qayta ishlash uchun xizmat qiladi. Hasharotlar Jigʻildon ida nektar asalga aylanadi. Qushlarda Jigʻildon oʻmrov suyagi oldida joylashgan, unda yirik bezlar boʻladi. Jigʻildon muskullarining peristaltik qisqarishi tufayli undagi oziq meʼdaga tushadi yoki … Читать далее

SEMIRAMIDA

SEMIRAMIDA (yun. Shammuramat, ossuriycha — Sammuramat) — Ossuriya podshosi (malikasi) (mil. av. 9-a. oxiri), Shamshiadad V (mil. av. 823 — 811) ning xotini. Asli Bobildan. Eri vafot etgach, Adadnerari III balogʻatga yetmagan davrida (mil. av. 810—806-y. lar) davlatni amalda vasiy sifatida oʻzi boshqargan. Uning hukmronligi davrida shim. dagi xalqlar va midiyaliklar bilan teztez urushlar sodir … Читать далее

OV QUSHLARI

OV QUSHLARI — yovvoyi parrandalarning mazali goʻshti, qimmatbaho par va patlari, moʻynasi uchun ovlanadigan guruhi. Baʼzi qushlarning tuxumlari ham yigʻiladi. Qushlar qadimdan ov obyekti sifatida sut emizuvchilardan keyingi oʻrinda turgan. Qush ovlari qad. misr freskalari va yunon vazalarida tasvirlangan. Qush ovlashning turli usullari mavjud. 9-a. dan qushlarni maxsus oʻrgatilgan lochinlar yordamida ovlana boshlangan. 10—17-a. larda … Читать далее

QUMRI

QUMRI — kaptarsimonlar turkumi, kaptarlar oilasiga mansub qush. Afrika, Osiyo (jumladan, Oʻrta Osiyo)da, Yevropada Bol-qon yarim orolidan Boltiq boʻyi mamla-katlarigacha boʻlgan hududlarda tarqalgan. Kagtaligi musichadek. Usti qoʻngʻir-qulrang. Tomogʻida yarim oysimon qora yoʻli bor. Boʻyni va koʻkragi kulrangpushti, bosh va qorni koʻkish-kulrang. Dum patlarining uchi oq. Qanotlari kaltaroq. Aholi punktlarida, shaharlarda yashaydi. Oʻtroq hayot kechiradi. Uyasini … Читать далее

GOVKAPTAR

GOVKAPTAR (Solumba palumbus) — kaptarlar turkumiga mansub qush. Yevropa, Shim. Afrika va Gʻarbiy Osiyoda tarqalgan. Oʻzbekistonning togʻli hududlarida uchraydi. Qishlash uchun kuzda jan. ga uchib ketadi, bahorda qaytib keladi. Togʻ oʻrmonlarida suvga yaqin yerlarda yashaydi. Uyasini daraxt shoxchalariga soladi yoki boshqa qushlarning eski uyasidan foydalanadi. Ikkita tuxum qoʻyadi. Tuxumni nari bilan modasi galma-galdan 17—18 kun … Читать далее

KAPTARSIMONLAR

KAPTARSIMONLAR (Columbiformes) — qushlar sinfining bir turkumi. 311 turi mavjud. Yer yuzining hamma mintaqalarida (chekka shim. va jan. sovuq hududlardan tashqari) tarqalgan. Oʻrmon, bogʻ, butazor, qoyalar, jarlik va binolar boʻgʻotida yashaydi. Tanasining uz. 15 dan 85 sm gacha, ogʻirligi 30 g dan 3 kg gacha. Drontalarning ogʻirligi 22,5 kg ga yetadi. Kaptarsimonlarning patlari zich va … Читать далее