MEDUZALAR

MEDUZALAR — boʻshliqichlilarning, koʻpincha, erkin yashovchi jinsiy avlodi. Gavdasi xira shaffof (mezogliysi kuchli rivojlanganligi tufayli), so-yabon yoki qoʻngʻiroq shaklda, diametri bir necha mm dan 2—3 m gacha. Soyaboni chetlarida paypaslagichlari (uz. 30 sm gacha) va sezgi organlari joylashgan. Ogʻzi soyabonining ostki botiq tomoni oʻrtasida boʻlib, odatda, ogʻiz parraklari bilan oʻralgan. Meduzalar soyaboni ostida suvni siqib … Читать далее

SIMBIOZ

SIMBIOZ (Symbiosis — birgalikda yashash) — ikki va undan ortiq turlarning birbiriga foyda keltirib birga yashashi. Simbiotik munosabatlar oʻsimlik bilan oʻsimlik, oʻsimlik bilan hayvon, hayvon b-n hayvon, oʻsimlik va hayvonlar bilan mikroorganizmlar, mikroorganizmlar b-n mikroorganizmlar oʻrtasida boʻlishi mumkin. «Simbioz» terminini nemis olimi A. de Bari (1879) taklif etgan. Oʻsimliklar bilan mikroorganizmlar oʻrtasidagi Simbiozga mikoriza misol … Читать далее

URUGʻDON

URUGʻDON — odam va hayvonlar erkagida urugʻ hujayralar — spermatozoidlar shakllanadigan jinsiy bezlar. U. juft, baʼzan toq boʻladi. Boʻshliqichlilar, gʻovaktanlilar va b. sodda tuzilgan koʻp hujayralilar Urugʻdoni jinsiy hujayralar yigʻindisidan iborat boʻlib, urugʻ hujayralari tana devorini yorib (ssifoid meduzalar, korall poliplar) yoki tana boʻshligʻidan ogʻiz teshigi orqali tashqariga chiqariladi. Yassi chuvalchanglar U. i mayda pufakchalar … Читать далее

BOʻSHLIQICHLILAR

BOʻSHLIQICHLILAR, kovakichlilar (Coelenterata) — tuban tuzilgan suvda yashovchi umurtqasiz hayvonlar tipi. Boʻshliqichlilar eng kad. koʻp hujayralilar, vend davridan maʼlum. Koʻpchilik turlari dengizlarda yakka yoki koloniya boʻlib yashaydi. Dengiz B. ning hayot siklida oʻtroq yashovchi polip va erkin suzib yuruvchi meduza davrlari gallanib turadi (metagenez). Ayrim Boʻshliqichlilar (gidralar, korall poliplar) ning meduza davri boʻlmaydi, baʼzi ssifomeduzalar … Читать далее