PREPARAT

PREPARAT (lot. praeparatus — tayyorlangan) — 1) ichiladigan tayyor dorilar; 2) kimyoviy tadqiqotlar uchun tayyorlangan moddalar; anatomik, gistologik va b. tadqiqotlar uchun tayyorlangan hayvon yoki oʻsimlik organizmining qismlari; 3) lab. yoki f-kada tayyorlangan kimyoviy yoki farmatsevtik maxsulotlar. Пост Навигацияси

MUHAMMEDOV Amin Muhammedovich

MUHAMMEDOV Amin Muhammedovich (1916.14.4 – Toshkent – 2000.16.5) gidrotexnik olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi, texnika fanlari d-ri (1966), prof. (1968), VASXNIL muxbir aʼzosi (1970). Leningrad industrial in-tini tugatgan(1937). Oktepa va Farhod GES, Shim. Toshkent kanali qurilishlarida ishlagan. Oʻzbekiston FA Inshootlar, Suv muammolari va gidrotexnika intlarida ilmiy xodim, gidravlika va lab. boshligʻi (1950—61), … Читать далее

POLIKLINIKA

POLIKLINIKA (poli… va klinika) — davolashprofilaktika muassasasi; katnab davolanadigan va uyida yotgan bemorlarga tibbiy yordam koʻrsatadi. Uzbekistonda kasalxona bilan birlashgan va mustaqil Poliklinikalar mavjud. Poliklinika aholining turar joyi va ish joyi boʻyicha xizmat koʻrsatadi. Maxsus tibbiyot muassasalari qoshida xam Poliklinikalar bor (mas, klinik i. t. institutlari qoshidagi Poliklinikalar). Poliklinikada terapevt, xirurg, nevrolog, revmatolog, ginekolog, LOR … Читать далее

MIS OKSIDLARI

MIS OKSIDLARI, Mis (1) -ok s i d, Si2O — qizgʻishjigarrang kristallar. Suyuklanish t-rasi 1242°, zichligi 6,1 g/ sm3. Suvda erimaydi, ishqorlar bilan reaksiyaga kirishadi. Vodorod, is gazi va faol metallar (Mg, A1, Zn) taʼsirida metall holatgacha qaytariladi. Qizdirilganda oksidlanib CuO ga aylanadi. Tabiatda kuprit minerali koʻrinishida uchraydi. NaCl eritmasini mis elektrodlarni qoʻllab elektroliz qilish, … Читать далее

MIRAHMEDOV

MIRAHMEDOV Sodiq (1926.21.8 — Toshkent —1988.18.6) — genetik-seleksioner olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1976), VASXNIL akad. (1978). Toshkent qishloq xoʻjaligi in-tining agronomiya f-tini tugatgan (1950). Oʻzbekiston FA Oʻsimliklar eksperimental biologiyasi in-tida il – r| f~«,»] miy xodim (1954 — 63), lab. mudiri (1964-76), Butunittifoq gʻoʻza seleksiyasi va urugʻchiligi i. t. in-ti direktori (1976 — … Читать далее

MAKSVELL Jeyms Klerk

MAKSVELL Jeyms Klerk (1831.13.6, Edinburg – 1879.5.11, Kembrij) – ingliz fizigi, klassik elektrodinamika, statistik fizika asoschilaridan biri, gazlar kinetik nazariyasipp yaratganlardan biri, radiotexnikaning vujudga kelishi uchun poydevor qoʻygan shaxs. London Qirollik jamiyatining aʼzosi (1860). Edinburg (1847-50) va Kembrij (1850—54) un-tlarida oʻqigan. Aberdin (Shotlandiya, 1856-60), London (1860—65), Kembrij (1871-y. dan) untlari prof. 1871-y. dan Kembrij unti … Читать далее

PARSELL

PARSELL (Persell; Pursell) Edvard Mile (1912.30.8, Teylorvill, Illinoys shtati —1997) — amerikalik fizik, AQSH Milliy FA aʼzosi (1951-y. dan). Perdyu un-tini tugatgan (1953). 1938-y. dan Garvard un-tida (1949-y. dan prof.), Massachusets texnologiya in-tining radiolokatsiya lab. da ishlagan (1940—46). Ilmiy ishlari radiospektroskopiyaga oid. F. Bloxyaan mustaqil tarzda yadro, magnit rezonansi hodisasini kashf qilgan (1946-y. da). G. … Читать далее

PANKREATIT

PANKREATIT (yun. pankreas — meʼda osti bezi) — meʼda osti bezining yalligʻlanishi. Oʻtkir va surunkali boʻladi. Oʻtkir Pankreatit alkogolizm, yolchitib ovqatlanmaslik yoki meʼyoridan ortiqovqat yeyish, shuningdek, oʻt toshi kasalligi natijasida paydo boʻladi. Pankreatitga meʼda osti bezi tomirlarining zararlanishi yoki unga tromblar tiqilib qolishi, infeksion kasalliklar, shikastlanishlar va qorin boʻshligʻidagi turli yalligʻlanishlar sabab boʻladi. Oʻtkir Pankreatitda … Читать далее

MUHANDISLIK GEOLOGIYASI

MUHANDISLIK GEOLOGIYASI — geologiyaning Yer pusti yuqori qatlamlarining hoz. geologik sharoitlari va dinamikasini muhandislikqurilish va b. xoʻjalik tadbirlari nuqtayi nazaridan oʻrganadigan sohasi. Muhandislik geologiyasining asosiy vazifasi — geologiyaning turli inshootlarni loyihalash, qurish va undan foydalanish bilan bogʻliq amaliy masalalarni yechish. Shuningdek, Muhandislik geologiyasi geografik muhitdan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilishda muhim rol oʻynaydi. Muhandislik … Читать далее

PITONLAR

PITONLAR (Pythoninae) — soxta oyoqlilar oilasiga mansub ilonlar kenja oilasi. Uz. 1,5 m dan (kirol Pitonlar) 10 m gacha (toʻrsimon Pitonlar). Rangi har xil. Yuqori lab qalqonida issiqni sezadigan termoretseptorli 2—3 ta chuqurchasi boʻladi. Termo-retseptorlari yorda-mida yaqinlashayotgan issiq qonli hayvonlarni sezadi. 27 turi sharqiy yarim sharning tropik va subtropik qismida tarqalgan. Asosan, oʻrmonlarda yashaydi. Sut … Читать далее