MORGANLAR

MORGANLAR (Morgan) – AQSHdagi eng keksa va yirik moliya guruhlaridan biri. 19-a. ning oxirida shakllangan. Bu guruhga Morgan (1813—90) asos solgan. Taʼsir sohalari: bank ishi, kayta ishlash sanoati, t. y. transporti. Yetakchi moliyaviy institutlar: «Morgan granti t-rast kompani» tijorat banki, «J. P. Morgan end kompani» bank uyi, «Morgan Stenli end kompani» investitsiya banki. M. «Prudenshel» … Читать далее

MORDVA TILLARI

MORDVA TILLARI — finn-ugor tillari oilasiga mansub moksha (mokshamordva) va erzya (erzyamordva) tillari; Mordoviya, Boshqirdiston, Tatariston, Chuvashiston respublikalarida, RFning Nijniy Novgorod, Samara, Penza, Orenburg, Saratov, Chelyabinsk kabi viloyatlarida tarqalgan, 1 mln. dan ortiq kishi soʻzlashadi. Mordva tillarida juda koʻp aralash shevalar bor. Fonetik-fonologik jihatdan moksha tilida 40 fonema (7 unli va 33 undosh), erzya tilida … Читать далее

MOLUKKA OROLLARI

MOLUKKA OROLLARI — Malay arxipelagining sharqiy qismidagi orollar guruhi. Indoneziya hududi. Sulavesi va Yangi Gvineya o. lari oraligʻida. Mayd. 83,7 ming km2. Shim. dan janub va jan.sharqqa 1300 km maso-faga choʻzilgan. Yirik orollari: Xalmaxera, Seram, Buru. Yer yuzasi togʻlik, eng baland joyi — 3019 m, Binaya togʻi (Seram o. da). Tez-tez zilzila boʻlib turadi. Vulkan … Читать далее

MAKKA

MAKKA (arab. Umm ul-Quro, Umm ulMadoin — shaharlar onasi va b.) — Saudiya Arabistonining gʻarbiy qismidagi shahar, Qizil dengizdan 70 km uzoqdikda joylashgan. Hijoz viloyatining maʼmuriy markazi. Aholisi 1 mln. kishiga yaqin (2001); haj vaqtida (hajga keluvchilar hisobiga) 2 mln. dan oshadi. Makka qad. shahar, asos solingan yili nomaʼlum. Dastlab Zamzam bulogʻi atrofida aholi turar … Читать далее

PLAKAT

PLAKAT (nem. Plakat, frans. placard — eʼlon, afisha) — grafika turi; katta varaqqa ishlangan tasviriy sanʼat asari. Qisqa matn ilova qilinadi; tashviqot, reklama, informatsiya va oʻquvtaʼlim maqsadlariga xizmat qiladi. Zamonaviy Plakat, odatda, rassom yaratgan asl nusxadan bosmaxonada koʻpaytiriladi. Olisdan koʻzga yaqqol tashlanishi, oʻta taʼsirchanligi, ommabopligi, tasvirining kinoyalarga boyligi, xammabop ramzlar ishlatilishi, turli hajmdagi shakllarni qiyoslash, … Читать далее

MANTISSA

MANTISSA (lot. mantissa — qoʻshimcha) — oʻnli logarifmning kasr qismi. Logarifmik jadvallarpA keltirilgan oʻnli logarifmlarning Mantissa lari maʼlum oʻnli xonagacha aniqlikda taqribiy qisoblangan. Agar UUsoni 10» ga (bunda p butun son) koʻpaytirilsa yoki boʻlinsa, uning oʻnli logarifmining Mantissasi oʻzgarmaydi. Mac, lg200=2,3010 boʻlsa, 0,3010 soni Mantissa, 2 soni esa logarifmning xarakteristika boʻladi. Пост Навигацияси

MADRASA

MADRASA (arab, darasa—oʻrganmoq) — musulmonlarning oʻrta va oliy oʻquv yurti. Ulamolar va maktabdorlar, Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlarida davlat organlari xizmatchilarini ham tayyorlaydi. 7—8-a. larda islom dini ulamolari musulmon ilohiyoti masalalarini sharhlab berib turadigan markaz sifatida arab davlatlarida paydo boʻlgan. 9—13-a. larda islom diniga eʼtiqod qilinadigan mamlakatlarda, jumladan, Oʻrta Osiyoda tarqaldi. Madrasa larda milliy ziyolilar … Читать далее

MAZHAB

MAZHAB (arab. — yoʻnalish, oqim, yoʻl, taʼlimot) , shariat mazhablari — islomda liniy huquq tizimlari va yoʻnalishlari. 8—9-a. larga kelib shariatning shakllanishi jarayonida ququqshunoslik — fiqx. sohasida juda koʻp Mazhablar yuzaga kelgan. Hoz. vaqtda sunniy toʻrtta Mazhab — hanafiylik, molikiylik, shofiʼiylik, hanbaliilik (M. lar nomi ularning asoschilari: Abu hanifa (Imomi Aʼzam), Molik ibn Anas, Shofiʼiy, … Читать далее

MAGNIT MOMENT

MAGNIT MOMENT — tok oqayotgan berk konturning, jismlar va modda zarralarining magnit xossalarini ifodalaydigan vektor kattalik. Elementar zarralar, atom yadrosi, molekula va atomlarning elektron qobiqlari Magnit momentga ega. Atom va yadro fizikasida Magnit moment ining oʻlchov birligi qilib magneton olingan. Makroskopik sistemaning Magnit moment uning atom (molekula) lari yigʻindisiga teng. Makroskopik jismning magnit holati magnitlanganlikni … Читать далее

MAQOLA

MAQOLA — publitsistik janr. M. da ijtimoiy hayot hodisalari chuqur tahlil qilinib, nazariy va ommaviy jihatdan umumlashtiriladi, davlat siyosati, iqtisodiyot, texnika, fan va madaniyatda erishilgan yutuqlar, il-gor ish tajribalari ommalashtiriladi, xalq xoʻjaligidagi nuqsonlar tanqid qilinadi. Matbuotda bosh M., nazariy va targʻibot Maqola, muammoli Maqola keng qoʻllanadi. Bosh Maqola (yoki tahririyat tomonidan yoziladigan Maqola) tahririyatning eng … Читать далее