MEDUZALAR

MEDUZALAR — boʻshliqichlilarning, koʻpincha, erkin yashovchi jinsiy avlodi. Gavdasi xira shaffof (mezogliysi kuchli rivojlanganligi tufayli), so-yabon yoki qoʻngʻiroq shaklda, diametri bir necha mm dan 2—3 m gacha. Soyaboni chetlarida paypaslagichlari (uz. 30 sm gacha) va sezgi organlari joylashgan. Ogʻzi soyabonining ostki botiq tomoni oʻrtasida boʻlib, odatda, ogʻiz parraklari bilan oʻralgan. Meduzalar soyaboni ostida suvni siqib … Читать далее

KUYDIRISH

KUYDIRISH (tibbiyotda) , kau-terizatsiya — kasallangan yumshoq yuzadagi toʻqimalarni yuqori t-ra va kimyoviy moddalar (kumush nitrat, qoʻrgʻoshin sulfat, azot, xrom, uch-xlorsirka kislota) taʼsirida yemirish. Soʻgal, kondiloma, qadoqni yoʻqotish, bachadon boʻyni eroziyasi, xavfsiz oʻsmalar (angioma, papilloma, poliplar) va b. ogʻriqli joylarni kuydirib davolash. Baʼzan ilon chaqqanda, quturgan hayvon tishlaganda, shuningdek, qon toʻxtatishda va jarohatlarni davo-lashda Kuydirish … Читать далее

POLIMORFIZM

POLIMORFIZM (biologiyada) — bir tur doirasida koʻrinishi bilan oʻz-aro farq qiladigan bir necha individlar boʻlishi. Agar bunday individlar 2 ta boʻlsa, dimorfizm (mas, jinsiy dimorfizm) deb ataladi. Koʻpchilik gidroidlar koloniyasi bitta koloniyada har xil gidrantlar rivojlanishi bilan bogʻliq. Mac, sifonoforalarda gonofor (jinsiy), gastrozoid (oziqlanuvchi), palpon (ayiruvchi), nektofor (suzuvchi) poliplar mavjud. Zang zamburugʻlarning har xil oʻsimliklarda … Читать далее

KOLONIAL ORGANIZMLAR

KOLONIAL ORGANIZMLAR, koloniya boʻlib yashovchi organizmlar — jinssiz (vegetativ) koʻpayishida ona organizmidan ajralib ketmasdan keyingi avlodlari bilan birga qoʻshilib, murakkab koloniya hosil qiladigan organizmlar. Kolonial oʻsimliklarga har xil bir hujayrali suvoʻtlar (koʻk-yashil, yashil, tillarang, sariq-yashil, diatom, pirofit va evglenasimonlar) kiradi. Kolonial organizmlar, koloniya hosil qilish usuliga binoan, zoosporali va avtosporali boʻladi. Kolonial hayvonlarga, asosan, dengiz … Читать далее

FRONTIT

FRONTIT [lot. frons (frontitis) — peshona] — peshona boʻshligʻi shilliq qavatining yalligʻlanishi. Oʻtkir va surunkali kechadi. Oʻtkir Frontit, asosan, gripp, shamollash va b. yuqumli kasalliklarning asorati sifatida paydo boʻladi. Unda peshonaning kasallangan sohasi bir oz shishib, ogʻriydi, bemor darmonsizlanadi, burundan nafas olishga qiynaladi, harorati koʻtariladi. Oʻtkir Frontit yaxshi davolanmasa, surunkali Frontitga aylanadi. Surunkali Frontitda peshona … Читать далее

SIMBIOZ

SIMBIOZ (Symbiosis — birgalikda yashash) — ikki va undan ortiq turlarning birbiriga foyda keltirib birga yashashi. Simbiotik munosabatlar oʻsimlik bilan oʻsimlik, oʻsimlik bilan hayvon, hayvon b-n hayvon, oʻsimlik va hayvonlar bilan mikroorganizmlar, mikroorganizmlar b-n mikroorganizmlar oʻrtasida boʻlishi mumkin. «Simbioz» terminini nemis olimi A. de Bari (1879) taklif etgan. Oʻsimliklar bilan mikroorganizmlar oʻrtasidagi Simbiozga mikoriza misol … Читать далее

TOSHKENT HAYVONOT BOGʻI

TOSHKENT HAYVONOT BOGʻI — maʼrifiy va i. t. ishlari olib boradigan muassasa. 1924-y. da 3 ga maydonda Oʻrta Osiyo unti biolog olimlari tashabbusi bilan sobiq podsho generalgubernatorining shahar chekkasidagi dala hovlisidagi kichik hayvonot burchagi negizida tashkil etilgan. 40-y. lar oxirida 200 turdan ortiq hayvonlar jamlangan hayvonot bogʻiga aylandi. Oʻzbekiston Respublikasi hukumati qaroriga koʻra, 1994—97 y. … Читать далее

YAKKAXON QISQICHBAQALAR

YAKKAXON QISQICHBAQALAR, zohid qisqichbaqalar — oʻnoyoqlilar turkumiga mansub dengiz qisqichbaqasimonlari oilasi. Uz. 17 sm gacha. Qorin qismi yumshoq, qattiq xitin qoplagʻichsiz; qisqichlari va qorni koʻpincha asimmetrik tuzilgan. 450 ga yaqin turi bor, koʻpchilik dengizlarda uchraydi. Qorni asimmetrik. Yakkaxon qisqichbaqalar yumshoq qornini qorinoyoqli mollyuskalarning boʻsh qolgan chigʻanogʻiga, simmetrik qorinli Yakkaxon qisqichbaqalar esa qurakoyoqli mollyuskalarning konussimon chigʻanogʻi … Читать далее

SKELET

SKELET (lot. skeletos — qurib qolgan) — odam va hayvonlar organizmida tayanch va himoya funksiyasini bajaradigan qattiq toʻqimalar majmui. Bir qancha umurtqasiz hayvonlarda chigʻanoq yoki kutikuladan iborat tashki Skelet rivojlangan. Tashqi kutikula S. chuvalchanglar va boʻgʻimoyoqlilar uchun xos. Boʻgʻimoyoklilar kutikula Siga ohak shimilgan. Gidroid poliplar koloniyasi umumiy Skelet — perisark bilan qoplangan. Tropik dengizlarda keng … Читать далее

GEKSLI

GEKSLI, Xaksli (Huxley) Tomas Genri (1825.4.5, Iling – 1895.29.6, Istborn, Susseks) — ingliz tabiatshunosi. Ch. Darvin safdoshi va taʼli-motining davomchisi. Qirollik konchilik maktabi prof. (1854—95), London qirollik jamiyati kotibi (1871—80), prezidenti (1883—85). Ilmiy ishlari zoologiya, qiyosiy anatomiya, paleontologiya, antropologiya va evolkshion taʼlimotga oid. Geksli meduzalar bilan poliplar oʻrtasida bogʻliqlik borligini isbotlab berdi (1849); hamma umurtqali … Читать далее