MEDUZALAR

MEDUZALAR — boʻshliqichlilarning, koʻpincha, erkin yashovchi jinsiy avlodi. Gavdasi xira shaffof (mezogliysi kuchli rivojlanganligi tufayli), so-yabon yoki qoʻngʻiroq shaklda, diametri bir necha mm dan 2—3 m gacha. Soyaboni chetlarida paypaslagichlari (uz. 30 sm gacha) va sezgi organlari joylashgan. Ogʻzi soyabonining ostki botiq tomoni oʻrtasida boʻlib, odatda, ogʻiz parraklari bilan oʻralgan. Meduzalar soyaboni ostida suvni siqib … Читать далее

OʻN IKKI MAQOM

OʻN IKKI MAQOM, Oʻn ikki maqom tizimi — 13—17-asrlarda Oʻrta va Yaqin Sharq mamlakatlari kasbiy musiqa amaliyotida qoʻllangan nazariyamaliy tizim. Ustoz musiqachi va olimlarning bastakorlik va xalq ijodiyoti namunalarini muayyan taʼlimot (tasavvuf) asosida maʼnaviy va badiiy yaxlit holga keltirish ustida olib borgan izlanishlari natijasida yuzaga kelgan. Dastlab Safiuddin alUrmaviy va Qutbiddin Sheroziylarning musiqaga doir asarlarida … Читать далее

SUV OʻRGIMCHAGI

SUV OʻRGIMCHAGI (Argyroneta aquatica) — Argyronetidae oilasiga mansub oʻrgimchaklarning yagona turi. Oʻrgimchaklar turkumining chuchuk suvda yashaydigan yagona vakili. Erkagining uz. 15—20, urgʻochisi 10—12 mm. Bosh koʻkragi qizgʻishqoʻngʻir, korni hoʻllanmaydigan kulrang tuklar bilan koplangan. Suv tagida nafas olishi uchun kerak boʻladigan zaxira havo pufak holida Suv oʻrgimchagining tuklari ustida saqlanadi (bu paytda u kumush rang tusda … Читать далее

KARVON

KARVON (fors.) — 1) uzoq, joylarga yuk va odam tashuvchi, qator boʻlib ketayotgan hayvonlar (tuya, eshak, xachir, otlar), aravalar va ularni boshkaruvchi shaxslar guruhi, qatori. Karvon uzilib qolmasligi uchun eng oldingi va oxirgi hayvonga qoʻngʻiroq osib qoʻyilgan; 2) oʻzaro yordam va xavfsizlikni taʼminlash uchun birga qoʻshilib yoʻlga chiqqan yoʻlovchilar, sayyohlar yoki elchilar guruhi. Karvonni karvonboshi … Читать далее

KULRANG GʻOʻZA

KULRANG GʻOʻZA [Gossypium incanum Schwars] Hillc.) — yovvoyi gʻoʻza turi. Ge-nomi Ye4, xromosomalar soni 2p=26. Shvars taʼriflab bergan (1935). Faqat Yamanda tarqalgan. Kulrang gʻoʻza tik oʻsuvchi, moKulrang chirish: a — kasallangan chanoq; b — kasallangan koʻsak; v — zamburugʻ sporalari; g — zamburugʻ konidiyalari. Kulrang gʻoʻza: / — poyaning bir qismi; 2 — shovasi; 3 … Читать далее

YAKAN

YAKAN — yakandoshlar oilasiga mansub koʻp yillik, baʼzan bir yillik oʻt oʻsimliklar turkumi. 250 turi maʼlum. Asosan, moʻtadil va sovuq mintaqalarda, tropik va subtropik zonaning baland togʻliklarida tarqalgan. Oʻzbekistonda Yakanning choʻlbaqa Yakani yoki qizgʻish Yakan, duragay Ya., egilgan Yakan, yirik changdonli Yakan, boʻgʻimli yoki yaltiroq Yakan va jerar Yakani yoki qizil Ya. kabi 16 turi … Читать далее

KAPACHI QUSHLAR

KAPACHI QUSHLAR (Ptilonorhynchidae) — chumchuqsimonlar turkumining bir oilasi. Tanasining uz. 23—40 sm. Patlari koʻproq sariq, koʻkimtir qora va yorqin tusli, baʼzan qoʻngʻiroq. Avstraliya va Gvineyada tarqalgan. Nam tropik oʻrmonlarda yashaydi. Kapachi qushlar kuyikish davrida maxsus kuyikish maydonchasi tayyorlaydi. Uni chigʻanoqlar, mayda toshlar, mevalar, gullar bilan bezaydi. Maydonchada shox va poyalardan bal. 50 sm gacha, uz. … Читать далее

BEDA TUNLAMI

BEDA TUNLAMI, zigʻir tunlami (Heliothis ViriplacaHutn.) — toʻplamlar oilasiga mansub kapalak. Qanotlari yoyilganda 28 — 37 mm; oldingisi sargʻish-yashil, baʼzan sargʻish-kulrang boʻlib, oʻrta qismidan keng qoramtir koʻndalang yoʻl oʻtadi; qanotining uchida noaniq qora dogʻchalari bor. Qurtining uz. 40 mm, nim yashil, baʼzan pushti yoki qoʻngʻiroq ranglisi ham uchraydi, orqasida navbatlanib keluvchi oqyoki qora tusli yoʻllari … Читать далее