MURUNTOV OLTIN KONI

MURUNTOV OLTIN KONI — Markaziy Qizilqumning Muruntov ruda maydoni mintakasidagi kon. Navoiy sh. dan 180 km shim. da, Zarafshon sh. dan 40 km sharqda, Tomditovning jan. etagida joylashgan. Ruda zaxiralarining koʻlami, rudani qazib olish texnologik sharoitlarining qulayligi, ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatining yuqoriligi va b. xususiyatlariga koʻra dunyodagi noyob konlar sirasiga kiradi. Markaziy Osiyo, xususan, Markaziy … Читать далее

MAGNITIK YOZISH

MAGNITIK YOZISH — tovush (nutq, musiqa) ni magnitli axborot eltuvchi (magnit lenta, magnit disk va b.) ga magnit usulida yozib olish va qayta eshittirish. Tovushni yozib olishda axborot eltuvchi yoki ayrim qismlarining qoldiq magnit holati tovush signallariga monand oʻzgaradi. Tovushni qayta eshittirishda teskari jarayon yuz beradi va shunga muvofiq ravishda tovush signallari hosil boʻladi. Axborot … Читать далее

MAʼLUMOT

MAʼLUMOT (pedagogikada) — shaxsning oʻqish-oʻrganish natijasida oʻzlashtirgan bilim koʻnikmalari hajmi, yoʻnalishi va darajasi. Taʼlimtarbiya hamda mustaqil bilim olish jarayonida olinadi. Maʼlumot insoning ongli faoliyati jarayonida oʻzlashtirib boriladi. Ushbu jarayon bolaning fikrlash qobiliyati shakllanishidan boshlab dastlab oilada, soʻngra uzluksiz taʼlim tizimining turli bosqichlarida taʼlimtarbiya olish davomida amalga oshiriladi. Uzluksiz taʼlim tizimining har bir bosqichida tegishli taʼlim … Читать далее

MASHINA TARJIMASI

MASHINA TARJIMASI — bir ta biiy tildan ikkinchi tilga matnni raqamli hisoblash mashinalari va kompyuterlar yordamida tarjima qilish. EHM va kompyuterlar uchun dasturlar tuzish, matematik lingvistika va amaliy lingvistika kabi yoʻnalishlar bilan chambarchas bogʻliq. Mashina tarjimasi tizimini yaratish i. t. lar mahsuli xisoblanadi. Mashina tarjimasi gʻoyasini birinchi boʻlib fransuz ixtirochisi J. Arsruni va undan mustaqil … Читать далее

MANSARDA

MANSARDA (frans. mansarde) — bino chordogʻidagi xona, boloxonaning bir turi. Baland va tik nishabli tomlarda yuqorisi qiyalama va pasti tikka qilib qurilgan. Mansarda foydali qoʻshimcha xona yaratish va bino hajmini boyitish va unga goʻzallik, salobatlilik bagʻishlash maqsadida quriladi. Fransuz meʼmori Fransua Mansar va uning nevarajiyani, shogirdi J. Arduen-Mansar loyihasi asosida (nomi ham shundan) yaratilgan. Dastlab … Читать далее

MAKTABDAN TASHQARI TAʼLIM MUASSASALARI

MAKTABDAN TASHQARI TAʼLIM MUASSASALARI — bolalar va oʻsmirlar bilan maktabdan tashqari ish olib boruvchi ijtimoiytashkiliy va instruktiv-metolik muassasalar. Maktab bilan yaqindan boglanib ish yuritadi. Maktabdan tashqari taʼlim muassasalariga bolalar, oʻsmirlar ijoliyoti saroylari, uylari, klublari va markazlari, bolalar-oʻsmirlar sport maktablari, sanʼat maktablari, musiqa maktablari, studiyalar, kutubxonalar, soglomlashtirish muassasalari va b. muassasalar kiradi. Ular yil boʻyi ishlayli. … Читать далее

MUQOVASOZLIK

MUQOVASOZLIK, muqovachilik, sahhoflik — kitob, jurnal va b. ni muqovalash kasbi; matbaa jarayonlaridan biri. Muqovalash kitob blokini ishlash (juzlangan daftarlarni tikish, yelimlash, presslash, uch tomonidan tekislab kesish), muqova gʻilofini tayyorlash (gʻilofni yigʻish, ungatasvir va matnni tushirish) va muqovani kitob bloki bilan biriktirish kabi jarayonlardan iborat. Bu jarayonlar potok liniyalarda mashinalar yordamida amalga oshiriladi. Muqovasozlik qad. … Читать далее

MUOMALA XARAJATLARI

MUOMALA XARAJATLARI — tovar muomalasi jarayoni bilan bogʻliq boʻlgan jami sarflar. Muomala xarajatlari mohiyatiga koʻra sof va qoʻshimcha xarajatlarga boʻlinadi. Sof xarajatlar tovarlarni bevosita oldisotdi qilish bilan bogʻliq xarajatlardir. Sof xarajatlarga bevosita savdoni uskunalar bilan jihozlash, binolarni isitish, yoritish, savdo xodimlariga haq toʻlash va h. k. xarajatlar kiradi. Qoʻshimcha xarajatlarga tovarlarni tashib isteʼmolchilarga yetkazish, ularni … Читать далее

POTOK LINIYA

POTOK LINIYA — korxonalarda de-tallar tayyorlash yoki buyumlarni yi-gʻishda bajariladigan texnologik ja-rayonlar ketma-ketligiga moslab (potok usulida) joylashtirilgan va birbiriga bogʻlangan ishlov beruvchi mashinalar (yoki ish oʻrinlari) maj-mui. Har bir mashina yoki ish oʻrni maʼlum ishga moslanadi, unda umumiy ishning maʼlum qismi bajariladi. Har bir ishchi maʼlum ishga ixtisoslashadi. Operatsiyalar oson-qiyinlik va vaqt jihatdan har bir … Читать далее

MOʻGʻUL YOZUVI

MOʻGʻUL YOZUVI — uygʻur alifbosi asosida yaratilgan yozuv (q. Uygʻur yozuvi). M. yo. ning dastlabki yodgorliklari 13-a. ga mansub: Chingizxon toshidagi yozuv (1225), elxon Argʻunning maktubi (1289). Yozuvning yoʻnalishi yuqoridan pastga, qatorlar chapdan oʻngga qarab oʻqilgan. Belgilari polifonik xususi-yatga ega, yaʼni bir belgi bir necha to-vushni ifodalagan. Baʼzi belgilar, soʻzdagi oʻrniga qarab, 2 yoki 3 … Читать далее