PREZIDENT

PREZIDENT (lot. praesidens — oldinda oʻtiruvchi) — 1) hrz. koʻpchilik (respublika shaklida idora qilinadigan) mamlakatlarda saylab qoʻyiladigan davlat boshligʻi. BMT ga aʼzo boʻlib kirgan 189 mamlakatning 140 dan ortigida Prezident lavozimi joriy qilingan (2000). Bunday boshkaruv shakli ilk bor AQSH da 1787-y. vujudga kelgan. Oʻzbekiston tarixida birinchi Prezidentlik lavozimi 1990-y. 24-martda taʼsis etildi. 1991-y. 29 … Читать далее

MOZIYDAN SADO

«MOZIYDAN SADO» — ilmiyamaliy, maʼnaviymaʼrifiy, rangli jurnal. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi, Badiiy akademiyasi, Matbuot va axborot agentligi nashri. 1999-y. 1 yanv. dan Toshkent sh. da 3 oyda bir marta oʻzbek, rus, ingliz tillarida nashr etiladi. Jur. Oʻzbekiston tarixini asl holda tiklash sohasida mamlakatda olib borilayotgan siyosatni xalq orasida keng ommalashtirish va tushuntirish, muzeylar, muzeyshunoslik … Читать далее

MIRSHAROPOV

MIRSHAROPOV Mirkomil (1900.24.12, Avliyoota – 1938.4.10, Toshkent) — harbiy arbob, oʻzbek diviziyasi qoʻmondoni. Rus-tuzem maktabini tugatgan (1914). 1917-y. da Toshkentga koʻchib kelgan. lik komandirlar kursini tugatgach, uning jangovar hayoti boshlangan. Xorezm Xalq Sovet Respublik a si (XXSR) harbiy noziri (1921), nozir muovini (1924). Mirsharopov XXSR da milliy qoʻshin tuzishga eʼtibor karatdi, respublika hududidan xalqning madaniy … Читать далее

MATBUOT

MATBUOT — barcha bosma mahsulotlar majmui; tor maʼnoda davriy nashrlar, asosan, gazeta va jurnallarni ifodalaydi(sinonimi — pressa). Matbuot ijtimoiy ongning oʻtkir va taʼsirchan vositasi sifatida kishilik jamiyatiga doimiy va faol taʼsir koʻrsatadi, jamoatchilik fikrini shakllantiradi, omma ongiga muayyan qarashlarni singdirishda qudratli gʻoyaviy omil hisoblanadi. Matbuot jamiyat hayotini turli (ijtimoiysiyosiy, iqtisodiy-i. ch., ilmiytexnikaviy va b.) yoʻnalishlarda … Читать далее

MAʼNAVIYAT VA MAʼRIFAT MARKAZI

«MAʼNAVIYAT VA MAʼRIFAT» MARKAZI, Respublika «Maʼnaviyat va maʼrifat»markazi — respublika madaniy-maʼrifat ishini olib boruvchi jamoatchilik tashkiloti. 1994-y. 23 apr. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Respublika «Maʼnaviyat va maʼrifat» jamoatchilik markazini tashkil etish toʻgʻrisida»gi farmoniga binoan tuzilgan. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent sh., barcha shaharlar va tumanlarda uning boʻlimlari faoliyat yuritadi. 1999-y. da «Maʼnaviyat va maʼrifat markazi va m.» … Читать далее

MUQIMIY TEATRI

MUQIMIY TEATRI, Muqimiy nomidagi Oʻzbek davlat musiqali drama teatri — Oʻzbekistonning yirik teatrlaridan biri. 1939-y. 30-noyabrda komik aktyor M. Miroqilov tashabbusi bilan Respublika komediya va satira teatri sifatida tashkil etilib, faoliyatini «Burungi qozilar yoki Maysaraning ishi» (Hamza) spektakli (rej. M. Miroqilov) bilan boshlagan. Ijodiy guruh 45 kishidan iborat boʻlib, Mirshohid Miroqilov — badiiy rahbar, F. … Читать далее

MUHAMMADJONOV Shomahmud Shohodiyevich

MUHAMMADJONOV Shomahmud Shohodiyevich (1954.27.4, Toshkent) — miniatyurachi rassom, kitobat sanʼati ustasi. Oʻzbekiston BAakad. (1997). Uzbekiston xalq rassomi (2001). Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurtini tugatgan (1974). Uzbekiston FA Sharqshunoslik inutida rassom. 1970-y. larda Alisher Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyida prof. Ch. Ahmarov va H. Sulaymonlardan rassomlik va miniatyura sanʼatini oʻrgandi. Sharqmini-atyurasi va kitobat sanʼati sohasida chuqur … Читать далее

MIXAYLOV

MIXAYLOV Sergey (1976.3.5, Oʻsh sh., Qirgʻiziston) — bokschi, «Oʻzbekiston iftixori» (2002), «Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi» (2000). Andijon shahar respublika olimpiya oʻrinbosarlari bilim yurtida oʻqigan (1989—92). Andijon untini tugatgan (2002). «Dinamo» sport jami-yatining boks yoʻriqchisi (2003). Oʻzbekiston chempioni (1997—2001), 3 karra Osiyo chempioni (1997, Bangkok; 1999, Toshkent; 2002, Serembran), 2-marta Osiyo oʻyinlari gʻolibi (1998, Bangkok; … Читать далее

PAXTABANK

«PAXTABANK» — Oʻzbekistondagi yi-rik aksiyadorlik-tijorat banki. 1995-y. 27-iyulda «Oʻzdeqqonsanoatbank» negizida tashkil etilgan. Boshkaruvi Toshkent sh. da. Bank taʼsischilari: «Oʻzqishloq-xoʻjalikkimyo» davlat-aksiyadorlik kom-paniyasi, «Oʻzagrosugʻurta» davlat-aksiyadorlik sugʻurta kompaniyasi. «Paxtabank» keng tarmokli universal banklardan biri hisoblanib, 13 ta viloyat boshqarmasi, 183 ta tuman boʻlimlari va 162 ta mini-banklardan iborat. Bank respublika q. x. korxonalariga turli xizmatlar koʻrsa-tadi. Davlatning moliyaviy … Читать далее

MOʻMINOVA

MOʻMINOVA Shahnoza (1949.21.8, Toshkent) — kulol, zamonaviy kulollik sanʼatining taniqli namoyandasi. Oʻzbekiston BA akad. (1990). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati in-tini tugatgan (1974). Toshkent politexnika in-ti (1974—95) va Respublika rassomlik bilim yurti (1995—98) da dare bergan, ayni vaqtda, Toshkent keramika z-di ijodiy guruhida ishlagan; 1996-y. dan Respublika bolalar ijodiyoti markazida studiya rahbari. Moʻminova ijodi kompozitsiya … Читать далее