MUSICHA

MUSICHA (Streptopelia senegalensis) — kaptarsimonlar oilasi gʻurraklar urugʻiga mansub qush. Dumi uzun, boshqa kaptarsimonlarga nisbatan kichik. Tanasining orqa tomonidagi patlari bir xil kulrang, boʻyni orqasida qora rangli yarim halqasi bor. Urugning boshqa turlaridan gavdasining kichikligi (uz. 14— 30 sm), daraxtlar shoxiga in qurmasligi b-n farq qiladi. Oʻrta Osiyoda keng tarqalgan, turar joylar yaqinida yashaydi. Binolarning … Читать далее

MARSHALLAGIOZLAR

MARSHALLAGIOZLAR — oʻtxoʻr hayvonlarda uchraydigan gelmintoz kasallik. Marshallagiya avlodiga mansub, hayvonlarning shirdonida (oshqozonida) parazitlik qiluvchi nematodalar qoʻzgʻatadi. Kasallik qoramol, qoʻy, echki va yovvoyi hayvonlar oʻrtasida keng tarqalgan. Marshallagiozlar qurgʻoqchil, keskin oʻzgaruvchan iqlimli joylarda uchraydi. Hayvon organizmida gijja 23—30 kun davomida jinsiy yetiladi va tashqi muhitga koʻplab miqdorda tuxum chiqarib turadi. 2—3 oylik qoʻzilar ogʻir kasalanadi. … Читать далее

PITONLAR

PITONLAR (Pythoninae) — soxta oyoqlilar oilasiga mansub ilonlar kenja oilasi. Uz. 1,5 m dan (kirol Pitonlar) 10 m gacha (toʻrsimon Pitonlar). Rangi har xil. Yuqori lab qalqonida issiqni sezadigan termoretseptorli 2—3 ta chuqurchasi boʻladi. Termo-retseptorlari yorda-mida yaqinlashayotgan issiq qonli hayvonlarni sezadi. 27 turi sharqiy yarim sharning tropik va subtropik qismida tarqalgan. Asosan, oʻrmonlarda yashaydi. Sut … Читать далее

MOSHAKLAR

MOSHAKLAR (Calidris) – balchiqchilar turkumiga mansub qushlarning bir urugʻi. Moshaklar barmoqlarining orasida suzgich parda boʻlmasligi bilan boshqa balchiqchilardan farq qiladi. Shim. yarim sharda keng tarqalgan. Dengiz, dare va koʻl qirgʻoqdariga uya yasaydi. 3—4 ta tuxum qoʻyadi. Qishlash uchun kuzda Afrikaga uchib ketadi. Oʻzbekistonda Moshaklarning qiziltomoq, qoratomoq, oqdum turlari uchraydi. Moshaklar hasharotlar va ularning lichinkalari, mollyuskalar, … Читать далее

MINOGALAR

MINOGALAR (Petromyzoniformes) — toʻgarak ogizlilar sinfiga mansub umurtqali hayvonlar turkumi (boshqa sistemaga koʻra, kenja sinfi). Gavdasining uz. 15—100 sm, vazni 3 kg gacha, skeleti togʻaydan iborat. Burun teshigi bitta, boshining yuqori qismida joylashgan, halqumi bilan tutashmagan. Orka suzgichlari 1 yoki 2 ta. Jabra teshiklari tanasi ikki yonida 7 tadan joylashgan. Voronkasimon ogʻzini teri disk oʻrab … Читать далее

MINORKA

MINORKA — serpusht tovuq zoti. Is-paniyada (Minorka orolida) yetishtirilgan. Sovuqqa chidamsiz. Toji bargsimon, katta. Oyoqlari kulrangchipor. 5—5,5 oyligida tuxumga kiradi, yiliga 150—180 tuxum qiladi. Tuxumi 60–65 g. Koʻpgina mamlakatlarda, shu jumladan, Oʻzbekistonda havaskor parrandachilar boqadi. Пост Навигацияси

PEDOGENEZ

PEDOGENEZ (yun. paidos — bola va …ge-nez) — partenogenez shakllaridan biri, bir qancha umurtqasiz hayvonlar lichin-kasida urugʻlanmagan tuxum hujayradan yangi naslning rivojlanishi. Pedogenezni rus zoologi N. P. Vagner (1862) yongʻoqyasarlar oilasiga mansub 2 qanotli hasharotlarda kashf etgan. Yongʻoqyasarlarning tuxumidan chikdan lichinka tanasi ichida pedogenetik lichinka rivojlanadi. Lichinka dastlab ona lichinka toʻqimalari bilan endoparazit oziklanadi; keyinroq … Читать далее

MAKKAJOʻXORI ZARARKUNANDALARI

MAKKAJOʻXORI ZARARKUNANDALARI — makkajoʻxorini zararlaydigan hasharotlar. 70 ga yaqin turi bor. Asosiylari: koʻsak qurti, karadrina, kuzgi tunlam, simkurt, leukan tunlami, makkajoʻxori kapalagi, makkajoʻxori bita, makkajoʻxori sustkashi va b. Leukan tunlami (Leucania vitellina Hb.) — kapalaklar turkumining Leucania avlodiga mansub hasharot. Makkajoʻxorini 7—9 barg chiqargan fazasida bargi, guli, roʻvaklari va soʻtasini zararlaydi. Bu oʻsimlikka 4 ta … Читать далее

PROTEYLAR

PROTEYLAR (Proteidae) — dumli amfibiyalar oilasi. Uz. 16—40 sm. Gavdasi choʻziq, dumi uzun, eshkaksimon, suzgich burmalari bor. Oyoklari kuchsiz rivojlangan, oldingi oyoqlarida 3 tadan, keyingisida 2 tadan barmogʻi bor. Tashqi jabralari 3 juft. P. uchun neoteniya xos, metamorfoz xususiyatini yoʻqotgan. 2 urugʻi, 2 turi (boshqa maʼlumotlarda 5 turi) Gʻarbiy Yevropa, Shim. Amerikada tarqalgan. Yevropa P. … Читать далее

PINGVINLAR

PINGVINLAR (Sphenisciformes) – qushlarning bir turkumi. Suzuvchi, shoʻngʻuvchi, lekin ucha olmaydi. 16 turni birlashtiruvchi 6 urugʻi mavjud. Gavdasining uz. 30—120 sm, vazni 1—40 kg. Qorni va koʻkragi oq, orqasi toʻq koʻk yoki qora. Teri ostidagi qalin yogʻ qavati Pingvinlarni sovuqsan saklaydi. Koʻkrak muskullari yaxshi rivojlangan. Qanotlari tangachasimon patlar bilan qoplangan kurakoyoqqa aylangan. Suzganda va shoʻngʻiganda … Читать далее