PARRANDACHILIK

PARRANDACHILIK — uy parrandalarini yetishtirish; chorvachiyaikning bir tarmogʻi. Parrandachilikning asosiy mahsuloti — oziq-ovqatga ishlatiladigan tuxum va goʻsht; qoʻshimcha mahsuloti — parranda pati va pari. Parrandalarni soʻyish va uni qayta ishlash chiqindilaridan yem uni ishlab chiqariladi. Parranda goʻngi — qimmatli organik oʻgʻiti. Parrandachilikda tuxum, asosan, tuxum yoʻnalishidagi, qisman goʻsht-tuxum va goʻsht yoʻnalishidagi tovuq zotlari va krosslaridan … Читать далее

XONOBOD

XONOBOD (1972—91 y. larda Sovetobod) — Andijon viloyatidagi shahar (1972-y. dan). Qoradaryoning oʻng sohilida. T. y. stansiyasi (Xonobod). Viloyatning sharqida joylashgan. Viloyat markazi (Andijon sh.) dan 80 km. Aholisi 35,9 ming kishi (2004). Qoʻqon xonligi davrida bu hudud «Beshkapa» deb yuritilgan. Mahalliy rivoyatga koʻra, Qoʻqon xonlari X. atrofidagi toʻqayzorlarga kelib shikor uyushtirib dam olishni xush … Читать далее

UBAYDULLAXON II

UBAYDULLAXON II, Ubaydullo Muhammad Bahodirxon (1681 — Buxoro — 1711.16.3) — Buxoro xoni (1702—11), ashtarxoniylar sulolasidan. Subhonqulixonning oʻgʻli. Buxoroda Madrasa tahsilini olgan. Subhonqulixon vafoti arafasida valiahd qilib nevarasi Balx hokimi Muhammad Muqimxonni tayinlaydi. Birok, Buxoro ulamolari va qoʻshinning madadiga tayangan U. II Buxoro taxtini egallaydi (1702-y. sent.). Balx hokimi Muhammad Muqimxonning otaligʻi hisoblangan Mahmud qatagʻon … Читать далее

EOTSEN

EOTSEN (yun. — erta tong va — yangi) — paleogen sistemasi (davri)ning oʻrta boʻlimi. 1833-yilda ingliz geologi Ch. Layel tomonidan nomlangan. Eotsendan yuqori boʻlim 1855 yil oligotsen boʻlimi (epoxa) deb ajratilgan, quyi boʻlim esa 1874-yil paleotsen boʻlimini hosil qilgan. Eotsen quyi, oʻrta va yuqori — 3 ta kichik boʻlimga boʻlinadi. Eotsen davridagi tropik dengizlarda kichik … Читать далее

CHUST-POP ADIRLARI

CHUST-POP ADIRLARI — Fargʻona vodiysidagi adirlar. Fargʻona botigʻining shim. da. Gʻarbda Xonobod qishlogʻidan boshlanib sharqda Chuyet sh. yaqinida tugaydi. Shim. da OlmosVarzik adirorti botigʻi, jan. da Chodaksoy, Gʻovasoy, Chustsoy va b. yoyilma konuslarining qoʻshilishidan hosil boʻlgan Sirdaryoga nishab tekisliklar va Sirdaryo terrasasi bilan chegaralangan. Adirlar gʻarbdan sharqqa 38 km ga choʻzilgan. Eni 4—5 km. Balandligi … Читать далее

BOBUR

BOBUR (taxallusi; toʻliq ismi Zahiriddin Muhammad ibn Umarshayx Mirzo) (1483.14.2, Andijon 1530.26.12, Agra) — oʻzbek mumtoz adabiyotining yirik vakili: buyuk shoir; tarixchi, geograf; davlat arbobi, isteʼdodli sarkarda; boburiylar sulolasi asoschisi, temuriy shahzoda. Boburning otasi — Umarshayx Mirzo Fargʻona viloyati hokimi, onasi — Qutlugʻ Nigorxonim Moʻgʻuliston xoni va Toshkent hokimi Yunusxonnint qizi edi. Boburning onasi oʻqimishli … Читать далее

YOʻLDOSHEV Abdulaziz Daminovich

YOʻLDOSHEV Abdulaziz Daminovich (1921.8.11, Andijon viloyati, Xonobod sh. — 1968.16.9, Andijon) — 2-jahon urushi katnashchisi, leytenant. 8-oʻqchi diviziyaning 229-polki, 6-oʻqchi rotasining komandiri. 1940-y. dan armiya safida. Stalingrad jangida, Kursk ostonalaridagi jangda va b. bir qancha shaharlarning mudofaa janglarida qatnashgan. Ikki marta ogʻir yarador boʻlgan. Dnepr daryosini kechib oʻtishda mislsiz jasorat koʻrsatgan Y. Qahramon unvoniga sazovor … Читать далее